Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tasdiqlangan dasturga koʻra Indoneziya Respublikasi vitse-prezidenti Maʼruf Amin va rafiqasi Vuri Amin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tasdiqlangan dasturga koʻra Indoneziya Respublikasi vitse-prezidenti Maʼruf Amin va rafiqasi Vuri Amin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

photo2023-06-1420-51-08.jpg

Yuqori martabali mehmonlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov kutib oldi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada, xususan Islom dini merosini qayta tiklash, maʼrifiy islom gʻoyasini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish sohalarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Shundan soʻng, Maʼruf Amin janobi oliylari boshchiligidagi delegatsiya Markaz binosining qurilish jarayonlari, uni barpo etishda foydalanilayotgan islom meʼmorchiligi, xattotlik va naqqoshlik sanʼat turlari bilan yaqindan tanishdi. Shoazim Minovarov mehmonlarni Islom sivilizatsiyasi markazi tarkibidagi muzeyning qurilish jarayonlari bilan tanishtirib, muzeyning asosiy qismi boʻlgan “Yangi Oʻzbekiston — Uchinchi Renessans” boʻlimining gʻoyasi va mazmuni haqida maʼlumotlar berdi. 

photo2023-06-1420-51-05.jpg

Tashrif soʻngida Vitse-prezident Maʼruf Amin va rafiqasi Vuri Aminga markaz nomidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi mehmonlar tomonidan ijobiy baholandi.