Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Erkin Ernazarovni tabriklaymiz!

 

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Erkin Ernazarovni tabriklaymiz!

 

Bugun taniqli jurnalist, mamlakatimiz rivoji uzoq yil samarali mehnat qilgan Erkin Ernazarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Erkin Madiyarovich Ernazarov 1945-yil 20-avgust kuni Toshkent viloyati Yangi yoʻl tumanida tugʻilgan. 1974-yil Toshkent Davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oliygohni bitirgach mehnat faoliyatini tuman gazetasida boshladi. Shundan soʻng Toshkent viloyati OAV boshqarma boshligʻi, 1989-1999-yillar “Toshkent oqshomi” gazetasining bosh muharriri, 1999-2004-yillar Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, 2004-2009-yillar Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, 2009-2014-yillarda poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori sifatida samarali mehnat qilgan. 2014-yildan shu kunga qadar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining bosh muharriri boʻlib ishlamoqda.

Erkin aka, shuningdek, O’zbekiston Vazirlar mahkamasi huzurudagi alohida muhim, ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekostruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyaning faoliyatini rivojlantirishda, qurilish ishlarini targʻib qilishda yosh kadrlarga yo’nalish berib, oʻrnak boʻlib kelmoqda. U kishi oʻzining tahliliy maqolalari, yoshlarga berayotgan saboqlari bilan mamlakatimiz madaniyati va tarixiy obidalarni saqlashda katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Erkin Madiyarovichning uzoq yillik faoliyati davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O’zbekiston Vazirlar mahkamasi huzurudagi alohida muhim, ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekostruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi Erkin Ernazarovni tavallud kuni bilan tabriklaydi va uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.