Eron Islom Respublikasi parlamenti raisi Muhammad Bakir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi bilan tanishdi.

Bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi parlamenti raisi Muhammad Bakir Toshkent shahrining Hazrati Imom tumanida barpo etilayotgan O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi markazi binosi bilan tanishdi. Hurmatli mehmonga Islom sivilizatsiyasi markazi binosi, unda joylashgan muzey, kutubxona va xalqaro anjumanlar zali, markazning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmon markazda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik hunarmand, me’mor va hunarmandlarning mehnatini yuqori baholadi. U ikki davlat o‘rtasida hunarmandchilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari haqida ijobiy fikr bildirdi.

photo2022-07-1319-46-23.jpgphoto2022-07-1319-46-27.jpgphoto2022-07-1319-46-11.jpgphoto2022-07-1319-46-17.jpgphoto2022-07-1319-46-14.jpgphoto2022-07-1319-46-08.jpgphoto2022-07-1319-46-19.jpgphoto2022-07-1319-45-56.jpgphoto2022-07-1319-46-04.jpg